Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev do‘konda QR-kodli chek so‘ragani uchun sotuvchi urgan bola bilan uchrashdi. U bolaga minnatdorchilik bildirdi va “chek talab qilish mayda-chuyda narsa emas” dedi. Sotuvchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Soliq qo‘mitasi E-aktiv (E-ombor) tizimidan joriy etish murakkabligi tufayli voz kechdi, dedi tashkilot raisi Sherzod Kudbiyev. U, shuningdek, mahallalarda sotiladigan preparatlar ma’lumotlarini taqdim etuvchi dorilar markirovkasi va dorilarga QQS qaytarilgandan keyingi o‘zgarishlar haqida gapirdi.
Prezident 1-oktabrdan QQSni qaytarishda soliq uzilishi koeffitsiyenti (tax gap) bekor qilinishini bildirdi, so‘rovda qatnashgan tadbirkorlarning 70 foizi buni adolatsiz deb hisoblaydi. “Kudbiyev, bu senga va tizimingga baho”, — dedi u. QQS guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish ham bekor qilinadi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev ma’muriy islohotdan 7 oy o‘tib yana Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga qaytdi. Bir kun avval prezident davlat budjeti daromadlari yetarli emasligini aytib, soliq idoralari xodimlari ishini tanqid qilgandi.
Germaniyaning KfW banki O‘zbekiston budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln yevro ajratishi mumkin, dedi Mangold Consulting kompaniyasi rahbari Kristof Mangold iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev bilan uchrashuvda.
Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev Yandex Go’ning soliqqa tortilishi hamda O‘zbekistondagi taksi bozori bilan bog‘liq vaziyatni sharhlar ekan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bozorda teng imkoniyatlar yaratuvchi takliflar ishlab chiqishini ma’lum qildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati «Tashabbusli budjet»da Face ID tizimi va ko‘paytirish koeffitsiyentlarini joriy etish rejasi haqida xabar bergandi. Vazir Sherzod Kudbiyev o‘z xodimlarini «salgina noprofessional sharh berganlikda» ayblab, hozircha bunday o‘zgarishlar nazarda tutilmaganini bildirdi.
O‘zbekistonda elektr va issiqlik energiyasiga tariflarni tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasiga Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev rahbar etib tayinlandi. Ilgari bu lavozimni bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov egallab kelayotgan edi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev shaxmat olimpiadasi g‘olibi Nodirbek Yakubbayevning otasi, soliq xizmati xodimi Murodbek Iskandarovga navbatdagi unvonni topshirdi. Shuningdek, chempionning ota-onasiga «Xumson» sanatoriysiga yo‘llanma hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari berilgan.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev qo‘mita huzuridagi Fiskal institutga rektor bo‘ldi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev «Toshkent yoshlar forumi — 2021» doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda Mehnat vazirligida ish boshlagan yillarda pul yetishmasligi sababli kirakashlik qilganini esga oldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda soliq xodimlari sotuvchilik orqali kun ko‘ruvchi ayollarning buyumlarini olib qo‘yganligi aks etgan video lavhalar tarqaldi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev bu holat soliq xizmati uchun uyatli ekanligini aytdi. “Soliq organlari hech qachon kuch ishlatar idora emas… Bunday holat yuz berganligi uchun butun xalqimizdan uzr so‘rayman”, — dedi u. Kudbiyev hodisada o‘zini noo‘rin tutgan xodimlar jazolaninishi ta’kidladi.
“„Obnalchi“ halol tadbirkorning birinchi va yagona dushmani. U davlatni, jamiyatni aldaydi”, — dedi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev. Davlat soliq qo‘mitasi rahbari QQS bilan hisob-kitoblarni bekor qilish bo‘yicha yangi to‘lqin kutilayotganidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “obnalchi” firmalarning umri keskin qisqardi.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv bo‘yicha izoh berar ekan, o‘z harakatlarini tan oldi. U audioyozuvdagi gaplar tadbirkorga ortiqcha to‘langan QQS o‘z vaqtida to‘lanmagani va asossiz ravishda xisob raqami band qilinib, undagi mablag‘lar undirilmoqchi bo‘lgani uchun aytilganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting